Weave Code
Code Weaver
Helps Laravel developers discover, compare, and choose open-source packages. See popularity, security, maintainers, and scores at a glance to make better decisions.
Feedback
Share your thoughts, report bugs, or suggest improvements.
Subject
Message

Yii2 Dev Laravel Package

yiisoft/yii2-dev

Yii 2 is a modern, high-performance PHP framework with secure defaults and flexible architecture. Works out of the box, scales from small apps to large systems, and is backed by extensive guides and API reference. Requires PHP 7.4+ (best on 8).

View on GitHub
Deep Wiki
Context7

Ilovani ishga tushirish

https://hostname/basic/web/index.php o'rnatganingizdan so'ng, asosiy dastur https://hostname/basic/web/index.php URL manzilida yoki https://hostname/index.php orqali Veb-server sozlamalariga qarab mavjud bo'ladi. Ushbu bo'lim - kodni tashkil qilishning umumiy ta'rifi, o'rnatilgan funksionallik va murojaatlar bilan ishlash.

Info: Ushbu qo'llanmada Yii basic/web katalogiga o'rnatilganini inobatga oladi va u o'z navbatida veb-server sozlamalaridagi ildiz katalogi sifatida o'rnatiladi. Natijada https://hostname/index.php URL manziliga kirish orqali basic/web joylashgan ilovaga kirishingiz mumkin. Boshlang'ich konfiguratsiya jarayonida batafsil ma'lumotni Yii-ni o'rnatish bo'limida topishingiz mumkin.

Freymvorkdan farqli o'laroq, dastur o'rnatilgandan so'ng, u sizniki bolib qoladi. Siz o`zingizni kodingizni o'zingiz xohlagan tarzda o'zgartirishingiz mumkin.

Funksionallik

Oddiy dastur uchun o'rnatilgan shablon to'rtta sahifadan iborat:

  • https://hostname/index.php URL manziliga https://hostname/index.php ko'rsatiladigan asosiy sahifa
  • "About" ("Biz haqimizda") sahifasi
  • "Kontakt" sahifasida qayta aloqa shakli joylashgan ushbu shakl orqali u dasturchiga murojaat qilishi mumkin
  • "Kirish" sahifasida avtorizatsiya shakl ko'rsatiladi. Foydalanuvchi nomi / parol bilan "login / admin" bilan tizimga kirishingiz mumkin. Asosiy menyu "Login" menyusi "Logout" menyusiga o`zgarishiga etibor bering.

Ushbu sahifalar Sayt ustuni va Sayt pastini ishlatadi. "Header" da foydalanuvchining sayt orqali o'tadigan asosiy menyusi. "Saytning pastki qismida" da - mualliflik huquqi va umumiy ma'lumot joylashgan.

Oynaning eng quyi qismida tizim xabarlarini Yii - log, disk raskadrovka ma'lumotlarini, xato xabarlarini, ma'lumotlar bazasi so'rovlarini va boshqalarni ko'rasiz. Ushbu ma'lumotlarning chiqishi ichki xotira nazoratchisi tomonidan nazorat qilinadi, u dasturni bajarish jarayoni haqidagi ma'lumotni qayd qiladi va ko'rsatadi.

Veb-ilovaga qo'shimcha ravishda, ilovaning asosiy katalogida joylashgan yii deb nomlangan konsoli script mavjud. Ushbu skript fon vazifalarni bajarish va dasturni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Bularning barchasi Konsol buyruqlari bo'limida yozib o`tilgan.

Yii web-ilovasi tuzilmasi

Quyidagida veb-ilovaning tuzilmasi asosiy kataloglari va fayllari ro'yxati berilgan (ilovaning basic katalogga o'rnatilgan deb hisoblaymiz):

basic/                  ilovaning ildiz katalogi
    composer.json       Composer ishlatadigan fayl
    config/             Sozlamalar (konfiguratsion) fayl
        console.php     Konsol ilovasining sozlamalari
        web.php         Veb-ilovasining sozlamalari
    commands/           konsol ilovalarining klasslari joylashgan
    controllers/        nazoratchilar
    models/             modellar
    runtime/            Ish jarayonida yii yasaydigan fayllar loglar va boshqa fayllar
    vendor/             Composer paketlarini tashkil qilib Yii ni o`z ichiga oladi
    views/              Web-ilovaning ko`rinish faylari
    web/                Web-ilovaning ildiz katalogi,Veb-dan olish mumkin bo`lgan faylarni tashkil etadi.
        assets/         Ilova orqali ishlatiladigan scriptlar (js, css)
        index.php       Yii ga kirish joyi. Yii ishlashni boshlaydi
    yii                 Konsol buyruqlarini ishlatadigan Yii scripti

Umuman olganda, Yii ilovasini ikki basic/web faylga bo'lish mumkin: basic/web joylashgan faylar va boshqa kataloglarda joylashgan faylar. Birinchisi (basic/web) internet orqali kirganda ochilishi kerak, ikkinchisi internet orqali ko'rinishi kerak bo'lmagan faylar, chunki ular ish faylari.

Yii-da MVC-arxetekturasi asosida faylar va kataloglar joylashgan. modelskatalogida Modellar mavjud , Ko'rishlar ko'rinishlarda joylashgan va barcha dastur Nazoratchilar katalogida.

Quyidagi diagrammada dasturning ichki tuzilmasi ko'rsatilgan.

Ilovaning ichki tuzilmasi

Har bir dasturda Yii ilovaga kirish nuqtasi bor, web/index.php - web/index.php ishlash uchun mavjud bo'lgan yagona PHP skriptidir. Kiruvchi so'rovni qabul qiladi va ilovani bittasini yaratadi. Ilova komponentlardan foydalangan holda qabul qilingan so'rovlarni bajaradi va controllerlarga so'rov yuboradi. Vidjetlar ko'rinishda dinamik sayt interfeyslarini yaratish uchun ishlatiladi.

Foydalanuvchi so'rovining ishlash tartibi

Diagrammada dasturning so'rovni qanday qabul qilib ishlashini ko'rsatadi.

Жизненный цикл запроса

  1. Foydalanuvchi web-ilovaning kirish nuqtasiga web/index.php ga murojat qilmoqda.
  2. Dastur sozlamalarni yuklamoqda va so'rovni qabul qilish uchun web-ilovadan nusxa yaratmoqda.
  3. Dastur yo'nalishni aniqlashtirib so'rovni qabul qilishni boshlaydi.
  4. Dastur ilova nusxasini yaratmoqda so'rovni qabul qilish uchun nazortchi chaqirilmoqda.
  5. Nazoratchi esa o`z novbatida amalni yaratadi va unga filtrlarni ishlatadi.
  6. Filtrdan birortasi ham ishtan chiqsa amalgacha so'rov bormaydi.
  7. Agar hamma filterlar javob qaytarsa so'rov amalga borib javob qaytaradi.
  8. Amal model ma'lumotlarini yuklaydi. Ma'lumotlar omborini ishlatishi ham mumin.
  9. Amal ko'rinish ma'lumotlarini chiqarib beradi (shuningdek modeldan ham).
  10. Shakilangan ma'lumot esa ilovaga javob komponentni tariqasida qaytariladi.
  11. "javob" komponentni esa foydalanuvchi browseriga javob qaytaradi.
Weaver

How can I help you explore Laravel packages today?

Conversation history is not saved when not logged in.
Prompt
Add packages to context
No packages found.
davejamesmiller/laravel-breadcrumbs
artisanry/parsedown
christhompsontldr/phpsdk
enqueue/dsn
bunny/bunny
enqueue/test
enqueue/null
enqueue/amqp-tools
milesj/emojibase
bower-asset/punycode
bower-asset/inputmask
bower-asset/jquery
bower-asset/yii2-pjax
laravel/nova
spatie/laravel-mailcoach
spatie/laravel-superseeder
laravel/liferaft
nst/json-test-suite
danielmiessler/sec-lists
jackalope/jackalope-transport